Variables
O'zgaruvchilarni e'lon qilish
Quyidagi kodda a o'zgaruvchisi e'lon qilingan va uning qiymati 12 etib belgilangan.
a = 12TIP
Barobardan chap tomonda o'zgaruvchining nomi, o'ng tomonda esa o'zgaruvchining qiymati turadi.
Bizning holatda a o'zgaruvchining nomi, 12 esa o'zgaruvchining qiymati deyiladi.
O'zgaruvchining qiymatini ekranga chiqarish
O'zgaruvchining qiymatini ekranga chiqarish uchun print funksiyasiga murojaat qilamiz.
b = 12
print(b)Natija
12print funksiyasi ichiga o'zgaruvchini yozib, dasturni ishga tushirsak, ekranga o'zgaruvchining qiymati chiqadi.
O'zgaruvchilar ustida arifmetik amallar
c = 45
print(c * 2) # 45 * 2 ni hisoblab, ekranga 90 sonini chiqaradiDastur ishga tushganda c o'rniga 45 qo'yilib, 45 * 2 hisoblanadi.
Natija esa
90Boshqa bir misol
a = 12
b = a + 20
print(b)Bu holatda b o'zgaruvchisining qiymati a o'zgaruvchisining qiymatiga 20 sonini qo'shganga teng bo'ladi.
Shuning uchun ekranga chiqadigan natija
32O'zgaruvchining qiymatini orttirish
a = 12
a = a + 3
print(a)Bu yerda a o'zgaruvchisining yangi qiymati a o'zgaruvchisining avvalgi qiymatiga 3 sonini qo'shganga teng bo'ladi.
Qisqa qilib aytganda bu dastur a o'zgaruvchisining qiymatini 3taga orttiradi.
Shuning uchun natija
15O'zgaruvchini to'g'ri e'lon qilish
O'zgaruvchini nomlash quyidagi talablar bajarilishi kerak:
- katta, kichik lotin harflaridan, _ belgisidan hamda sonlardan iborat bo'lishi kerak
a = 4
apple = "Olma"
myName = "Asliddin"
test1 = "Misol"
last_name = "Maxmudov"- son bilan boshlanmasligi kerak
1a = 12 # o'zgaruvchini bunday e'lon qilish xato bo'ladiE'tibor bering
a bilan A bir xil emas. Ular umuman boshqa-boshqa o'zgaruvchilar hisoblanadi.
Bir nechta o'zgaruvchini e'lon qilish
a, b, c = 1, 2, 3
print(a)
print(b)
print(c)Bu yerda mos ravishda a ning qiymati 1, b ning qiymati 2 va c ning qiymati 3 bo'ladi.
Bu bir qatorda bir nechta o'zgaruvchilarni e'lon qilish bo'ladi.
Ekranga chiqadigan natija
1
2
3Keyingi holat
a = b = c = 5
print(a)
print(b)
print(c)Bu holatda esa a, b, c larning barchasining qiymatlari 5 ga teng bo'ladi.
Natija
5
5
5