Print
Biror bir qiymatni, masalan son, matn va boshqa turdagi ma'lumotlarni ekranga chiqarish uchun pythonda print funksiyasidan foydalaniladi.
TIP
print funksiyasi ma'lumotlarni ekranga chiqarish uchun foydalaniladi.
Funksiya deb ma'lum bir vazifani bajaruvchi qismga aytiladi.
Funksiya mavzusiga batafsil keyingi darslarda to'xtalamiz.
Sonni ekranga chiqarish
Misol uchun:
print(12)Shunchaki print funksiyasi ichiga ekranga chiqarmoqchi bo'lgan sonimizni yozamiz.
Natija
12Matnli ma'lumotlarni ekranga chiqarish
Misol uchun:
print("Salom")Yuqoridagi kod ishga tushganda ekranga
Salommatni chiqadi.
TIP
Pythonda matnli ma'lumotlar qo'shtirnoq ichiga olib yoziladi.
Matnni boshqacha holatda ham ekranga chiqarish mumkin.
print('Salom')Bu holatda ham avvalgisi bilan bir xil natija chiqadi. Ikkala ko'rinishda ham yozish to'g'ri.
Bir necha ma'lumotlarni ekranga chiqarish
Bir necha ma'lumotlarni ekranga chiqarish uchun quyidagicha yozish mumkin:
print("Men", 2000, "- yilda tug'ilganman")Natija
Men 2000 - yilda tug'ilganmanprint funksiyasi haqida batafsil ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin.