Skip to content

List

Bir o'zgaruvchida bir nechta qiymatlarni saqlash uchun listdan foydalaniladi.

Masalan

python
a = [1, 4, 8, 2, 5, 8]

Bu yerda a o'zgaruvchisida bir nechta qiymatlarni saqlashga misol keltirilgan.

[] ichidagi vergul bilan ajratilgan har bir son list elementlari deyiladi.

List uzunligi

List uzunligi deganda list elementlarining soni tushuniladi.

List uzunligini len funksiyasi orqali topamiz.

python
a = ['apple', 1, True, 45, 'yellow']

print(len(a))

Natija

text
5

Bu degani list 5ta elementdan tashkil topgan.

Ma'lum bir indeksdagi elementni olish

python
b = [78, 90, 65, 34, 56]

print(b[2])

Bu kod ishga tushganda ekranga 2-indeksdagi element chiqadi. Pythonda sanoq noldan boshlanadi. Demak natija

text
65

Bir nechta elementlarni olish

python
c = ['apple', 'banana', 'cherry', 'mango']

print(c[1:3])

Xuddi stringdagi kabi bu yerda ham 1-indeksdan 3-indeksgacha bo'lgan elementlarni oladi, lekin oxirgi 3-indeksning o'zi kirmaydi. Natija

text
['banana', 'cherry']

Agar boshlanish indeksi yozilmasa, boshidan boshlab oladi. Agar tugash indeksi yozilmasa, oxirigacha oladi.

python
a = [1, 2, 3, 4, 5, 6, 7]

print(a[:4]) # boshidan 4-indeksgacha bo'lgan elementlarni oladi, faqat 4-indeksdagi elementning o'zi kirmaydi
print(a[6:]) # 6-indeksdan oxirigacha bo'lgan elementlarni oladi

Qadam tashlab olish

python
m = ['a', 'b', 'c', 'd', 'e', 'f', 'g', 'h', 'i']

print(m[1:9:3])

Bu kodda avval 1-indeksdagi elementni, keyin 3ta qadam tashlab 4-indeksdagi elementni va oxirida 7-indeksdagi elementni oladi. Natija

text
['a', 'd', 'g']

Listlarni birlashtirish

Listlarni birlashtirish uchun shunchaki ularni qo'shishning o'zi kifoya.

python
a = [1, 2, 3]
b = [4, 5, 6, 7, 8]

print(a + b)

Natija

text
[1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8]

Element mavjudligini tekshirish

Masalan biror bir son listda bor yoki yo'qligini aniqlash uchun quyidagicha yozamiz:

python
a = [34, 78, 90, 65, 43]

print(56 in a)

Agar 56 soni listda mavjud bo'lsa, ekranga True qiymati chiqadi, aks holda False qiymati chiqadi.

Elementlarning qiymatini almashtirish

python
a = [1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8]

a[5] = 90

print(a)

Bu kodda a o'zgaruvchisining 5-indeksdagi qiymatini 90 soniga o'zagartiradi.

Natija

text
[1, 2, 3, 4, 5, 90, 7, 8]

Bir nechta qiymatlarni o'zgartirmoqchi bo'lsak, quyidagicha yozamiz:

python
a = [10, 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1]

a[1:5] = [100, 99, 98, 97]

print(a)

Natija

text
[10, 100, 99, 98, 97, 5, 4, 3, 2, 1]