Change data type
Ma'lumotlar ustida ishlayotganda ba'zi bir amallarni bajarayotganda ularning toifasini o'zgartirishga ehtiyoj tug'iladi. Buni qanday amalga ishirishni quyida misollar bilan ko'rib chiqamiz.
int toifasiga o'tkazish
str toifasidagi ma'lumotni int toifasiga o'tkazib ko'ramiz.
python
a = "19"
a = int(a)
print(type(a))Natija
text
<class 'int'>Lekin quyidagi ma'lumotni int toifasiga o'tkazish noto'g'ri.
python
a = "Text"
a = int(a)
print(type(a))Gap shundaki, qo'shtirnoq ichida faqat son turgandagina bu amalni bajarishimiz mumkin. Qolgan holatlarda xatolik beradi.
str toifasiga o'tkazish
Endi int toifasidagi ma'lumotni str toifasiga o'tkazamiz.
python
a = 34
b = 39
a = str(a)
b = str(b)
print(a + b)Ekranga chiqadigan natija
text
3439a va b o'zgaruvchilarining toifasini str toifasiga o'tkazganimiz uchun qo'shish amali sonlar qoidasi bo'yicha emas, balki matnli ma'lumotlarni qo'shish qoidasi bo'yicha ishladi.