Decorator
Dekorator funksiya xususiyatlarini o'zgartirish yoki qo'shimcha kiritish uchun foydalaniladi.
Dekorator qanday yoziladi?
Dekoratorga misol
python
def information(func):
def wrapper(*args, **kwargs):
print("Function started working")
func(*args, **kwargs)
print("Function ended working")
return wrapperBu dekorator funksiya ishga tushishidan oldin va ishlab bo'lgandan keyin ekranga ma'lumot chiqaradi.
Avval dekorator funksiya orqali e'lon qilinadi va func parametri beriladi. func parametri dekorator bog'lanadigan funksiya. Dekorator ichida yana funksiya e'lon qilinadi va shu funksiya ichida dekorator mantig'iga oid amallar yoziladi. Oxirida dekorator ichida e'lon qilingan funksiya return orqali qaytariladi.
Funksiyaga bog'lash
Dekoratorni funksiyaga bog'laymiz.
python
def information(func):
def wrapper(*args, **kwargs):
print("Function started working")
func(*args, **kwargs)
print("Function ended working")
return wrapper
@information
def hello():
print("Salom")
hello()Endi hello() funksiyasi ishga tushganda avval dekoratordagi
python
print("Function started working")ishga tushadi, keyin hello() funksiyasining ichidagi kod ishlaydi va oxirida
python
print("Function ended working")ishlaydi. Natija
text
Function started working
Salom
Function ended working