Input
Qo'llanilishi
Biror amal bajarish uchun foydalanuvchi tomonidan ma'lumot kiritish uchun input funksiyasidan foydalanamiz.
a = input()
print("Siz kiritgan ma'lumot:", a)Dasturni ishga tushirsak, bizdan ma'lumot kiritish so'raladi. Masalan, olma deb kiritsak, natija
Siz kiritgan ma'lumot: olmaa o'zgaruvchisining qiymati foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma'lumotga teng bo'ladi.
Bildirishnoma chiqarish
Dasturni ishga tushirganimizda bizdan aynan qanday qiymat kiritish kerakligi haqida ma'lumot chiqarish uchun quyidagicha yozishimiz mumkin:
ism = input("Ismingizni kiriting: ")
familiya = input("Familiyangizni kiriting: ")
print("Salom", ism, familiya)Yuqoridagidan farqi endi bu dasturni ishga tushirsak, dastur foydalanuvchidan qanday ma'lumot kiritishni so'raydi va bu albatta qulaylik beradi.
Kodni ishlatganda Usmon, Ergashev ma'lumotlarini kiritsak, natija
Salom Usmon ErgashevMa'lumot turi qanday bo'ladi?
input orqali ma'lumot kiritsak, o'zgaruvchining toifasi str bo'ladi.
a = input("a = ")
print(type(a))Natija
<class 'str'>Agar input ishtirokida biz 2ta sonni qo'shadigan dastur tuzsak, u quyidagicha bo'ladi:
a = input("a = ")
b = input("b = ")
a = int(a)
b = int(b)
print(a + b)a va b o'zgaruvchilariga foydalanuvchilar tomonidan qiymat kiritilganda dastlab ularning toifasi str bo'ladi. Shuning uchun int toifasiga o'tkazib, keyin ularning yig'indisini hisoblaymiz.
input funksiyasi haqida batafsil ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin.