Class
Obyektga yo'naltirilgan dasturlashda bevosita obyektlar bilan ishlaymiz. Obyektlar yaratish uchun avval klass ochishimiz kerak.
Birinchi klassimiz
class Person:
passYuqorida Person klassi ochilgan. Klass class kalit so'zi bilan ochiladi.
Endi shu klass orqali obyekt yaratamiz.
class Person:
pass
p = Person()p nomli obyekt yaratildi. Lekin biz bu obyekt ustida hech qanday amal bajara olmaymiz, chunki klassning ichi bo'sh.
__init__ metodi
Har qanday klass orqali obyekt yaratilganda __init__ metodi ishga tushadi.
Yodda tuting
Klass ichidagi funksiyalar metod deyiladi.
class Person:
def __init__(self, fn, ln):
self.first_name = fn
self.last_name = ln
p = Person("Asliddin", "Maxmudov")
print(p.first_name)
print(p.last_name)__init__ metodi ichida first_name va last_name parameterlari yaratildi.
Ularning qiymati obyekt yaratilganda klassga berilgan qiymatlar bo'ladi.
p = Person("Asliddin", "Maxmudov")self joriy obyektni bildiradi. Hozirgi holatda self p obyektiga teng.
Shunda p obyektining first_name, last_name parametrlari Asliddin, Maxmudov deb belgilandi.
Agar biz p.fist_name ga murojaat qilsak, Asliddin qaytadi.