For loop
for
operatori biror qonuniyat bo'yicha bajariladigan, takrorlanadigan amallarni bajarish uchun foydalaniladi.
Sodda ko'rinishi
Quyidagi misolda listni qanday aylantirish ko'rsatilgan.
my_list = [1, 5, 6, 23, 12, 56]
for i in my_list:
print(i)
Bu yerda for
operatori ichidagi print()
funksiyasini 6 marta ishlaydi, chunki listning uzunligi 6ga teng.
i
o'zgaruvchisining qiymati dastlab listning 0-indeksdagi elementiga teng bo'ladi. print()
funksiyasi ishlaydi va ekranga i
o'zgaruvchisining qiymati chiqadi. Keyin esa i
o'zgaruvchisining qiymati 1-indeksdagi elementga teng bo'ladi va yana i
o'zgaruvchisining keyingi qiymati ham ekranga chiqadi. Eng oxirida listning oxirgi elementi ekranga chiqadi va for operatori o'z ishini tugadi. Natija
1
5
6
23
12
56
range funksiyasi
for i in range(10):
print(i)
range()
funksiyasi xuddi list
ga o'xshaydi va butun sonlarni generatsiya qiladi. list
orqali butun sonlarni bittalab yozib chiqish o'rniga range()
funksiyasidan foydalangan ancha qulay.
Bu yerda range(10)
funksiyasi 0
, 1
, 2
, ..., 9
sonlarini generatsiya qiladi.
Natija
0
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Agar range()
funksiyasi ichiga 1ta
son yozilgan bo'lsa, 0 dan boshlab o'sha songacha bo'lgan sonlarni generatsiya qiladi (oxirgi son kirmaydi).
Agar range()
funksiyasi ichiga 2ta
son yozilgan bo'lsa, 1-sondan boshlab 2-songacha sonlarni generatsiya qiladi (oxirgi son kirmaydi).
range(10, 20)
funksiyasi 10
, 11
, 12
, ..., 19
sonlarini generatsiya qiladi.
Agar range()
funksiyasi ichiga 3ta
son yozilgan bo'lsa, 1-sondan boshlab 2-songacha 3-son miqdorida qadam tashlab sonlarni generatsiya qiladi (oxirgi son kirmaydi).
range(10, 100, 3)
funksiyasi 10
, 13
, 16
, 19
, ..., 97
sonlarini generatsiya qiladi.