Logical operators
bool ma'lumot turi
bool toifasiga faqat 2ta qiymat kiradi: True va False.
True - rost
False - yolg'on
Agar mulohaza rost bo'lsa, javob True bo'ladi. Masalan, 7 soni 5 sonidan katta. Bu mulohaza rost, chunki haqiqatdan 7 soni 5 sonidan katta. Demak javob True bo'ladi.
Buni dasturlashda quyidagicha yozamiz:
print(7 > 5)Natija
TrueAgar mulohaza yolg'on bo'lsa, javob False bo'ladi. Masalan, 12 soni 100 sonidan katta. Bu mulohaza yolg'on, demak javob False bo'ladi.
print(12 > 100)Natija
FalseO'zgaruvchilar bilan ishlash
a = 45
b = 89
print(a < b)Bu holatda a o'zgaruvchisining qiymati b o'zgaruvchisining qiymatidan kichik degan mulohaza bo'lmoqda. a va b o'zgaruvchilari o'rniga ularning qiymatlarini qo'yib tekshirsak, mulohaza rost bo'ladi. Demak natija
TrueYana bir misol
a = 34 > 23
print(a)a o'zgaruvchisining qiymati mulohazaning natijasiga teng bo'ladi. 34 soni 23 sonidan katta bo'lgani uchun natija
Truenot mantiqiy operatori
not operatori True qiymatni Falsega va aksincha, False qiymatni Truega o'zgartiradi.
a = True
print(not a)Natija
Falseand mantiqiy operatori
and mantiqiy ko'paytirish operatori bo'lib, mantiqiy elementlar ustida amal bajarish uchun foydalaniladi.
Eslatma
True va False qiymatlari mantiqiy elementlar deb ham ataladi.
Qiymati mantiqiy element bo'lgan o'zgaruvchilar mantiqiy o'zgaruvchilar deyiladi.
Mantiqiy ko'paytirish jadvali:
| a | b | a and b |
|---|---|---|
| False | False | False |
| True | False | False |
| False | True | False |
| True | True | True |
Mantiqiy ko'paytirishga misol:
a = True
b = False
print(a and b)Jadvalga ko'ra natija
Falseor mantiqiy qo'shish
or mantiqiy qo'shish operatori bo'lib, mantiqiy elementlar ustida amal bajarish uchun foydalaniladi.
Mantiqiy qo'shish jadvali:
| a | b | a or b |
|---|---|---|
| False | False | False |
| True | False | True |
| False | True | True |
| True | True | True |
Mantiqiy qo'shishga misol:
a = True
b = True
print(a or b)Jadvalga ko'ra natija
TrueYodda tuting
and, or, not mantiqiy operatorlaridan birinchi not inkor amali, keyin and ko'paytirish amali va oxirida or mantiqiy qo'shish amali bajariladi.