List methods
Listlar bilan ishlashni osonlashtirish uchun uning asosiy metodlari bilan tanishamiz.
append metodi
Listga oxiridan yangi element qo'shish uchun foydalaniladi.
python
a = [1, 2, 3, 4, 5, 6]
a.append(7)
print(a)Natija
text
[1, 2, 3, 4, 5, 6, 7]insert metodi
List ichiga element qo'shish uchun foydalaniladi.
python
a = [1, 2, 3, 4, 5, 6]
a.insert(2, 99)
print(a)2-indeks sifatida 99 sonini list orasiga qo'shadi.
Natija
text
[1, 2, 99, 3, 4, 5, 6]remove metodi
Listdan elementni o'chirish uchun ishlatiladi.
python
a = ['apple', 'banana', 'cherry', 'mango']
a.remove('cherry')
print(a)Listdan 'cherry' elementini o'chirib tashlaydi. Natija
text
['apple', 'banana', 'mango']pop metodi
Listdan elementni indeks bo'yicha o'chiradi.
python
a = ['apple', 'banana', 'cherry', 'mango']
a.pop(1)
print(a)Listdan 1-indeksdagi elementni o'chirib tashlaydi. Natija
Natija
text
['apple', 'cherry', 'mango']sort metodi
Listdagi elementlarni tartiblash uchun ishlatiladi.
python
a = [10, 8, 3, 9, 0, 1, 5]
a.sort()
print(a)Natija
text
[0, 1, 3, 5, 8, 9, 10]count metodi
Listdagi ma'lum bir elementni nechtaligini sanaydi.
python
a = [1, 2, 1, 4, 1, 6, 9, 2, 2, 3, 4]
x = a.count(2)
print(x)Listda qiymati 2ga teng bo'lgan elementlar nechtaligini sanaydi. Natija
text
3List metodlarining to'liq ro'yxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.