Data types
Dasturlash tillarida ma'lumotlar bir necha turlarga bo'linib, ular ustida turli xil amallar bajariladi.
Masalan, 5
, 12
, 90
lar butun sonlar, 4.5
, 8.97
, 0.123
kasr sonlar va boshqalar.
Ma'lumotlarni bir necha turlarga ularning ko'rinishi, matematik xossasi va boshqa faktorlariga qarab ajratamiz.
Pythonda ma'lumotlar int
, float
, str
, bool
, list
, tuple
va boshqa bir necha turlarga bo'linadi.
int
ma'lumot turi
int
toifasiga barcha butun sonlar kiradi. Masalan,
a = 456
b = -97
456
butun son bo'lgani uchun uning toifasi int
bo'ladi. 456
soni a
o'zgaruvchisining qiymati bo'lgani uchun a
o'zgaruvchisining toifasi ham int
bo'ladi. Xuddi shunday, -97
uchun ham b
o'zgaruvchisining toifasi int
bo'ladi.
float
ma'lumot turi
float
toifasiga barcha kasr sonlar kiradi. (Oddiy qilib aytganda, nuqta ishtirok etgan sonlar)
a = -6.7
b = 9.0
Bu yerda a
va b
o'zgaruvchilarining toifalari float
bo'ladi.
9.0
sonining kasr qismi bo'lmasa ham pythonda bu son float
hisoblanadi.
str
ma'lumot turi
str
toifasiga matnli ma'lumotlar kiradi. (Oddiy qilib aytganda qo'shtirnoq ichida yozilgan ma'lumotlar)
a = "Hello"
b = 'Asliddin'
c = "12"
Bu yerda a
, b
va c
o'zgaruvchilarining toifalari str
bo'ladi.
12
soni aslida int
toifasiga kirishi kerak. Lekin bu yerda qo'shtirnoq ichiga olingani uchun python "12"
ni str
deb hisoblaydi.
str
so'zi string
so'zining qisqartmasi.
bool
ma'lumot turi
bool
toifasiga True
va False
qiymatlari kiradi.
a = True
b = False
bool
toifasiga batafasil keyingi darslarda to'xtalamiz.
O'zgaruvchining toifasini qanday aniqlash mumkin?
O'zgaruvchining toifasini, ya'ni qaysi ma'lumot turiga kirishini type
funksiyasi orqali aniqlash mumkin.
a = "New"
print(type(a))
Natija
<class 'str'>
Bundan a
o'zgaruvchisining toifasi str
ekanligi kelib chiqadi.
Ma'lumot turlarining to'liq ro'yxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.