Arifmetik operatorlar
Arifmetik operatorlar nima?
Arifmetik operatorlar ma'lumotlar ustida amal bajarish uchun foydalanadi. Ularning har birini quyida birma-bir ko'rib chiqamiz.
Qo'shish operatori
Sonlarni hamda matnli ma'lumotlarni qo'shish uchun foydalaniladi.
print(34 + 5)
print("Salom" + "Dunyo")
Natija
39
SalomDunyo
E'tibor bering
Sonlar bilan matnli ma'lumotlar ustida qo'shish amalini bajarish mumkin emas.
Ya'ni sonlar bilan faqat sonlar ustida qo'shish amalini bajarish mumkin. Xuddi shunday matnli ma'lumotlar bilan faqat matnli ma'lumotlar ustida qo'shish amalini bajarish mumkin.
Ayirish operatori
Sonlarni ayirish uchun foydalaniladi.
print(53 - 5)
Natija
48
Ko'paytirish operatori
Sonlarni ko'paytirish uchun foydalaniladi.
print(12 * 5)
Natija
60
Pythonga xos yana bir xususiyat bor. Sonni matnli ma'lumotga ko'paytirish mumkin.
print("ha" * 10)
Natijada ha
matni 10
marta yonma-yon yozilib chiqadi.
hahahahahahahahahaha
Bo'lish operatori
Sonlarni bo'lish uchun foydalaniladi.
print(12 / 5)
Natija
2.4
Butunli bo'lish operatori
Sonni songa bo'lib, butun qismini olish uchun foydalaniladi.
print(46 // 5) # ekranga 46ni 5ga bo'lgandagi natijaning butun qismi chiqadi
Natija
9
Qoldiqli bo'lish operatori
Sonni songa bo'lganda chiqadigan qoldiqni olish uchun foydalaniladi.
print(67 % 5) # ekranga 67ni 5ga bo'lgandagi qoldiq chiqadi
Natija
2
Darajaga oshirish operatori
Sonni biror bir darajaga ko'tarish uchun foydalaniladi.
print(2 ** 5) # ekranga 2 sonining 5-darajasi chiqadi
Natija
32