If statement
If shart operatori hisoblanib, biror shart bajarilganda unga mos kelgan amal bajarilishiga ruxsat berish uchun foydalaniladi.
Sodda ko'rinishi
a = input("a = ")
a = int(a)
if a > 12:
print("a o'zgaruvchisining qiymati 12 sonidan katta")Dastur ishga tushganda konsolda a o'zgaruvchisiga qiymat kiritiladi. Agar a o'zgaruvchisiga kiritilgan qiymat a > 12 shartini bajarsa, ya'ni ifodaning qiymati True bo'lsa, if shart operatorining ichiga kiradi va print() funksiyasi ishga tushadi. Aks holda print() funksiyasi ishlamaydi.
Yodda tuting
if shart operatoridan keyingi qatorda yoki qatorlarda turgan kod chap tomondan Tab tashab yozilgani if shart operatoriga tegishli hisoblanadi.
b = 23
if b < 12:
b = b + 1
print(b)
print(100)
print("Salom")Yuqorida if shart operatoriga tegishli kod ajratib ko'rsatilgan.
Bir necha holat bo'lganda
a = input("a = ")
a = int(a)
if a > 12:
print("a o'zgaruvchisining qiymati 12 sonidan katta")
elif a < 12:
print("a o'zgaruvchisining qiymati 12 sonidan kichik")
elif a == 12:
print("a o'zgaruvchisining qiymati 12 soniga teng")Faqat birinchi shart yozilganda if kalit so'zidan foydalaniladi. Qolgan shartlar yozilganda elif kalit so'zidan foydalaniladi. Agar birorta shart bajarilsa, ya'ni ifodaning qiymati True chiqsa, undan keyingi shartlar ishlamaydi.
Birorta ham shart bajarilmaganda
Agar birorta ham shart bajarilmasa, else holati ishlaydi.
b = input("b = ")
b = int(b)
if b == 16:
print("Yashirin son 16ga teng")
elif b == 23:
print("Yashirin son 23ga teng")
elif b == 87:
print("Yashirin son 87ga teng")
elif b == 46:
print("Yashirin son 46ga teng")
elif b == 63:
print("Yashirin son 63ga teng")
else:
print("Yashirin sonni topa olmadim")Ammo yuqoridagi shartlardan birortasi bajarilib qolsa, else holati ham ishlamaydi.