Function
Ko'p yerda takrorlanadigan amallarni shablonga olib qo'yish uchun yoki yuqori hajmdagi kodni soddalashtirish uchun funksiyalardan foydalaniladi.
Eng sodda funksiya
def hello():
print("Salom")Yuqorida salom beradigan funksiya yozilgan. Funksiya def kalit so'zi bilan yoziladi. Ammo dasturni ishga tushirganimizda ekranga hech qanday yozuv chiqmaydi. Sababi biz funksiyani faqat e'lon qildik, lekin u ishlashi uchun uni chaqirish kerak.
Funksiyani chaqirish juda ham oddiy.
def hello():
print("Salom")
hello()Ana endi dasturni ishga tushirsak, ekranga
Salomyozuvi chiqadi.
Parametrli funksiya
def hello(first_name):
print("Salom", first_name)
hello("Asliddin")Dasturimizda funksiyadagi first_name o'zgaruvchisining qiymati Asliddin bo'ladi va ekranga chiqadigan natija
Salom AsliddinParametrlar bir nechta bo'lishi ham mumkin.
def hello(first_name, last_name):
print("Salom", full_name, last_name)
hello("Asliddin", "Maxmudov")Bu yerda esa mos ravishda first_name o'zgaruvchisining qiymati Asliddin, last_name o'zgaruvchisining qiymati Maxmudov bo'ladi va natija
Salom Asliddin MaxmudovQiymat qaytaradigan funksiya
Yuqoridagi misollarda keltirilgan funksiyalar biror-bir amal bajaradi, lekin hech qanday qiymat qaytarmayapti.
Masalan kvadratning tomonidan kelib chiqib, uning perimetrini hisoblab qaytaradigan funksiya yozamiz.
Funksiyada qiymat qaytarish uchun return kalit so'zidan foydalaniladi.
def perimeter(a):
return a * 4
p = perimeter(3)
print("Perimeter:", p)p o'zgaruvchisining qiymati perimeter() funksiyasi qaytargan qiymatga teng bo'ladi.
Natija
12